Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X.Raxmetov kompaniya tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi

chop etish versiyasi
15.08.2023

O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlari vazirligi va "Uzbekinvest" eksport-import sug'urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining Respublikada favqulodda vaziyatlarni oldini olish profilaktika tadbirlarni tashkil etish,jumladan aholining va tadbirkorlik subyektlarining sug'urta madaniyatini oshirish bo'yicha 2023-2026-yillarga mo'ljallangan hamkorlikdagi amaliy chora tadbirlar ijrosini ta'minlashda samarali hamkorlik qilgani uchun Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X.Raxmetov "Uzbekinvest" EISK AJ Xorazm filiali direktori O.Abdullaev tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodimlari,shahar va tuman rahbarlari uchun "Uzbekinvest" EISK AJ Xorazm filiali bosh menejeri Sarvar Iskandarov "Sug'urta madaniyatini oshirish" mavzusida ma'ruza qildi.Hodimlar o'zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Bizning mutaxassislar 24 soat davomida sizga xizmat ko'rsatishga tayyor :
Tel : (95) 606 70 00

photo_2023-08-15_10-49-30

photo_2023-08-15_10-49-28 (2)

photo_2023-08-15_10-49-30 (2)

photo_2023-08-15_10-49-31