«Oʼzbekinvest EISK» АJ Bosh direktori Rustam Sodiqovich Аzimovning korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha murojaati
Korruptsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korruptsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Darhaqiqat, Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga murojaatnomasida “Korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʼlsa, “halollik vaktsinasi” bilan emlanmas ekan, oʼz oldimizga qoʼygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga taʼkidlanmagan.
«Oʼzbekinvest EISK» АJ tizimida ham korruptsiyaning oldini olish choralarini koʼrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish boʼyicha samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, «Oʼzbekinvest EISK» АJ tizimida korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilganligi, ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korruptsiyaga qarshi ekspertizadan oʼtkazish, xaridlarni amalga oshirishda korruptsiyaviy xatarlarni aniqlash va bartaraf etish amaliyotlari joriy qilinganligi kabi qator amaliy ishlarni keltirib oʼtish mumkin.
«Oʼzbekinvest EISK» АJ korruptsiyaga qarshi kurashish va korruptsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish boʼyicha ishlarni samarali tashkil etishda fuqarolarimizning faolligini va tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlaydi.
«Oʼzbekinvest EISK» АJ ning markaziy apparati, uning hududiy filiallari hamda boʼlinma xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklarining guvohi boʼlsangiz yoki xodimlarning korruptsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlsangiz, «Oʼzbekinvest EISK» АJ ning (78) 120-03-61 raqamli Ishonch telefoni yoki ushbu aloqa kanallari:antikorrupsiya@uzbekinvest.uz elektron pochta manzili va rasmiy veb-sayt orqali oʼz murojaatingizni yoʼllashingiz mumkin.
Murojaatingiz qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda koʼrib chiqiladi hamda tasdiqlangan korruptsion holatlar boʼyicha keskin qonuniy choralar koʼriladi.
«Oʼzbekinvest EISK» АJ tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korruptsiya holatlarining har qanday koʼrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʼlishga hamda oʼz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.