Dorixona muassasalarining javobgarligini sug‘urta qilish

chop etish versiyasi

Mazkur sug‘urta O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan dorixona muassasalari, dorixona korxonalari va shu kabilarga sug‘urta himoyasini taqdim etadi.

Ushbu sug‘urta mahsulotiga muvofiq, quyidagilar natijasida sug‘urta qildiruvchining sug‘urta davri mobaynida o‘z majburiyatlarini bajarishda qasddan qilmagan kasbiy xatosi, beparvoligi yoki kamchiligi oqibatidagi dorixona muassasasining kasbiy faoliyati natijasida uchinchi shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararni qoplash majburiyatini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq belgilash fakti sug‘urta hodisasi deb tan olinadi:

  • iste’molchi uchun mahsulotning xususiyatlari haqida ma’lumotning yo‘qligi;
  • ishlab chiqaruvchi haqida ma’lumotning yo‘qligi;
  • ishlab chiqarilgan sana va foydalanish muddati haqida ma’lumotning yo‘qligi;
  • saqlash shartlariga rioya qilmaslik;
  • sotish qoidalariga rioya qilmaslik;
  • ishlab chiqarish qoidalariga rioya qilmaslik;
  • sifat bo‘yicha talablarga rioya qilmaslik;
  • shifokor tomonidan berilgan retsept (dozalar, miqdor)ga rioya qilmaslik.

Bunda dorixona muassasasida vaqtincha bo‘lmagan ishchining o‘rnini bosuvchi va ishchining ta’til, kasallik va boshqa sabablarga ko‘ra o‘z xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi sababli yo‘qligi davrida uning vazifalarini bajarish huquqisiz bajarayotgan shaxs (amaliyot o‘tuvchi, stajor yoki boshqa shaxs) tomonidan sodir etilgan hodisa sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi.

Sug‘urta tovonining to‘lovi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta javobgarligi limitlari doirasida, sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalangan faoliyati natijasida zarar ko‘rgan uchinchi shaxslarga, huquqi buzilgan shaxs tomonidan amalga oshirilgan yoki amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xarajatlar ko‘rinishidagi zararlar miqdorida to‘lanadi.