1160 eshitadi!

chop etish versiyasi
26.08.2022

“Oʼzbekinvest” sugʼurta kompaniyasi «Oriat Dono» teleradikanali bilan hamkorlikda “1160 eshitadi” deb nomlangan yangi loyiha – axborot podkastlarini ishga tushirdi. Maqsad - aholining sugʼurta savodxonligini oshirish va sugʼurtaga oid savollarga javob berishdir.
Joriy yilning 25 avgust kuni yangi loyihaning birinchi podkasti muvaffaqiyatli boʼlib oʼtdi va unda odatdagidan koʼproq sodir boʼladigan sugʼurta hodisalari va aholi tomonidan mutaxassislarga berilgan savollarga javoblar aks etdi. Yurtimiz mustaqilligining 31-yilligiga bagʼishlangan eshittirish 30 avgust kuni «Oriat Dono» radiostantsiyasining 106.5 FM toʼlqinida soat 11:10 dan 11:20 gacha jonli efirda boʼlib oʼtadi.Podkastlar davomida “Oʼzbekinvest” mutaxassislari aholi uchun oddiy va tushunarli tilda sugʼurta haqida batafsil maʼlumot beradilar.
Radio tinglovchilar jonli efir davomida oʼzlarini qiziqtirgan savollarga sugʼurta bozorining yetakchi mutaxassislaridan javoblar olishlari mumkin.