2020-yilda "O'zbekinvest" kompaniyasi O’zbekiston hududiy eksportining 30 foizdan ortiq qismini sug'urta himoyasi bilan ta’minlab, 2019-yilga nisbatan 1.5 baravar o'sish ko’rsatdi

chop etish versiyasi
23.02.2021

2020-yilda "O'zbekinvest" kompaniyasi milliy tovar va xizmatlar eksportchilarini sug'urta himoyasi qamrovini kengaytirib, yana bir bor ishonchli sug'urtalovchi va hamkor ekanligini tasdiqladi.

Eksport qiluvchi korxonalar 1,5 milliard AQSH dollardan ortiq sug'urta himoyasi bilan ta’minlandi, 2019-yilga nisbatan o’sish 154 foizni tashkil qildi. Eksport geografiyasi kengayishini alohida ta’kidlash joiz bo’lib, kompaniya Rossiya, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Qozog'iston, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Singapur kabi 29 nafar yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan eksport qaltisliklaridan sug’urta shartnomalarini imzoladi.

Kompaniya tomonidan, "EKSAR" (Rossiya), NEXI (Yaponiya), SINOSURE (Xitoy), KSure (Koreya), UK Export Finance (Buyuk Britaniya), COFACE (Fransiya), SACE (Italiya), (ICIEC) va Export Credit Etihad Credit Insurance (BAA) va dunyoning boshqa yetakchi davlat eksport-kredit agentliklari bilan jami 30 dan ortiq o’zaro hamkorlik bitim va memorandumlar tuzildi.

Sug'urta hodisalarining yuzaga kelishi natijasida eksport qaltisliklaridan sug'urtalash polislari bo'yicha milliy eksportchilarga 2020-yilda 1.0 mlrd. so'm sug'urta tovonlari to'lab berildi.

Joriy yilda "O'zbekinvest" kompaniyasi eksport sug'urtasi bo'yicha qamrovni kengaytirish va milliy eksportchilarni kompleks sug'urta himoyasi bilan ta'minlashni vazifa qilib belgiladi.