2021-yildan majburiy tibbiy sug'urta tizimi joriy etiladi

chop etish versiyasi
04.01.2019

Jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan 2019-yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasida sug'urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish hamda majburiy tibbiy sug'urta mexanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish belgilangan.

Ushbu hujjat loyihasida sug'urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilangan, unda “Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish, barcha majburiy sug'urta turlarini yagona hujjatga mujassamlashtirish va majburiy sug'urtalanadigan faoliyat turlarini kengaytirish, banklarga sug'urta agenti maqomini berish hamda interaktiv, shu jumladan onlayn sug'urta xizmatlarini kengaytirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, majburiy tibbiy sug'urta mexanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo'yicha 2021-yildan boshlab majburiy tibbiy sug'urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, majburiy tibbiy sug'urta tizimiga bosqichma-bosqich o'tish bo'yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish hamda tibbiy sug'urta dasturlarini amalga oshirishga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini keng jalb etishni tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasi qonunini ishlab chiqish ko'zda tutilgan.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati