Oʼzbekiston sugʼurta bozorining yetakchisi - “Oʼzbekinvest” kompaniyasi 2022 yilda dunyoning 118 davlatlar sugʼurta bozorlarida tan olindi

chop etish versiyasi
20.02.2023

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida iqtisodiyotda, jumladan, moliya sohasida va uning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan sugʼurta bozorida keng islohotlar amalga oshirilmoqda.

Sugʼurta sohasini rivojlantirishda “Oʼzbekinvest” kompaniyasi faol ishtirok etib, 2022 yil yakunlariga koʼra ijobiy dinamikani koʼrsatdi va faoliyatidagi asosiy koʼrsatkichlarining barqaror oʼsishini taʼminladi.

“Oʼzbekinvest” kompaniyasi 2022 yildagi faoliyatining yakunlariga koʼra, Oʼzbekiston sugʼurta bozorida yetakchi oʼrinni saqlabgina qolmay, balki yanada mustahkamlab, 931 milliard soʼm sugʼurta mukofotlarining yalpi yigʼilishini taʼminladi hamda 2021 yil yakuniga nisbatan hajmlarni 242 foizga oʼsishiga erishdi.

2017 yildan 2022 yilgacha boʼlgan davr mobaynida yigʼilgan mukofotlar miqdori 9 barobarga oshdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining eksport faoliyatini sugʼurta himoyasi bilan taʼminlash boʼyicha qarorlarida aks ettirilgan kompaniya oldigagi vazifalar ijrosi doirasida 2022 yilda “Oʼzbekinvest” tomonidan milliy tovar va xizmatlar eksportchilariga 2,1 milliard АQSh dollari miqdorida sugʼurta himoyasi taqdim etildi, bu esa respublikaning noxomashyo eksportida himoyasining 32 foizini tashkil etdi.

2022 yil koʼrsatkichlari keskin oʼsishining asosiy sababi – kompaniyaning xalqaro sugʼurta va qayta sugʼurtalash bozorlarida sugʼurta operatsiyalarining jadal va barqaror rivojlanishi boʼldi, shu bois 2022 yil yakunlariga koʼra qayta sugʼurta mukofotlarining xajmi 54 million АQSh dollarini tashkil etdi, bu esa 2021 yilgi ushbu koʼrsatkichdan 3 barobar koʼpdir. Natijada 2022 yilda kompaniyaning jami sugʼurta portfelidagi xizmatlar eksportining ulushi 2017 yildagi 0,5 foizdan 65 foizgacha oshdi.

Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Shveytsariya), Tokio Marine (Yaponiya), AXA (Frantsiya), People Insurance Company of China (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Janubiy Koreya), Marsh (АQSh), Willis, AON va UIB (Buyuk Britaniya) kabi yetakchi xalqaro transmilliy sugʼurta va qayta sugʼurtalash kompaniyalari va brokerlari bilan birgalikda ishlashni yoʼlga qoʼyilishi natijasida “Oʼzbekinvest” hamkor mamlakatlar geografiyasini kengaytirdi. Bugungi kunda “Oʼzbekinvest” kompaniyasining qayta sugʼurtalash himoyasi dunyoning 118 ta davlatida qabul qilinmoqda.

Bu esa, oʼz navbatida, “Oʼzbekinvest” kompaniyasining soʼnggi yillarda xalqaro sugʼurta bozorining faol va tan olingan nufuzli ishtirokchisiga aylanganidan dalolat beradi.

Respublika iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda, 2022 yilda kompaniya hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarning sugʼurta himoyasini taʼminlash doirasida jadal oʼsishni taʼminladi. 2022 yilda sugʼurta mukofotlarining yigʼimi 42,2 milliard soʼmni tashkil etib, 2021 yil yakunlariga nisbatan 132 foizga oʼsishiga erishdi.

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida sugʼurta faoliyatini yanada faol rivojlantirish orqali kompaniya sugʼurta mukofotlari yigʼimini 2021 yilga nisbatan 130 foizga oʼsish bilan 11,9 milliard soʼmni tashkil etdi. Shuningdek, 2022 yilda kichik va oʼrta biznes subʼektlarini sugʼurtalash faoliyati boʼyicha 35,9 milliard soʼm sugʼurta mukofotlari yigʼimi amalga oshirildi.

Jismoniy shaxslarni sugʼurtalash segmentida esa 2021 yil yakunlariga nisbatan 124 foiz oʼsish bilan 63,4 milliard soʼm miqdorida sugʼurta mukofotlari yigʼildi.

Bunda kompaniyaning 14 ta filial, 214 ta sugʼurta boʼlimi hamda 2000 dan ortiq sugʼurta agentlaridan tashkil topgan rivojlangan hududiy tarmogʼi katta hissa qoʼshdi. 

“Oʼzbekinvest” sugʼurta kompaniyasi “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yilida” faoliyatni “mahallabay” tamoyili asosida tashkil etishga oʼz hissasini qoʼshdi. Mahalla va aholi punktlarida, jumladan, respublikaning chekka hududlarida aholining keng qatlamlarini sugʼurta himoyasidan foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida kompaniya xodimlari tomonidan sugʼurta asoslari boʼyicha muntazam ravishda treninglar oʼtkazildi va buning natijasida 1029 nafar kam taʼminlangan oilalardan boʼlgan fuqarolar sugʼurta agentlari sifatida ish bilan taʼminlandi. 2022 yilda ular tomonidan mahallalarda 12,3 milliard soʼmlik 176 ming donadan ortiq sugʼurta polislari sotildi.

Yuqori darajadagi toʼlov qobiliyati hamda risklarning quyi darajada boʼlishi kompaniyaning asosiy tamoyillaridan biridir. Ushbu missiyaning muvaffaqiyati Xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tasdiqlandi - 2022 yil mart oyida A.M. Best Company (АQSh) kompaniyasidan “Oʼzbekinvest”ga “Barqaror” prognozi bilan «bb» xalqaro kredit reytingi yana bir bor berildi. Shu bilan birga, “Oʼzbekinvest” Oʼzbekistonda ushbu agentlik tomonidan xalqaro reytingga sazovor boʼlgan birinchi va yagona tashkilot hisoblanadi.

Shuningdek, 2022 yil dekabr oyida “Moodys Investors Service Ltd.” tashkiloti kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingini “Barqaror” prognozi bilan “Ba3” darajasida tasdiqladi. Bu koʼrsatkich Oʼzbekiston bank-moliya sektori tuzilmalari orasida eng yuqori hisoblanadi.

Davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida raqamlashtirishni faol joriy etish tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda “Oʼzbekinvest” mamlakatimizda birinchi boʼlib mijozlarga xizmat koʼrsatishdagi biometrik axborot tizimining zamonaviy raqamli texnologiyasi Face IDni barcha axborot tizimlari va mobil ilovalariga joriy qildi. Bu esa 2022 yil davomida 80 mingdan ortiq mijozlarga Face ID texnologiyasidan foydalangan holda sugʼurta xizmatlarini bir zumda rasmiylashtirish va xarid qilish qulayligini yaratib berdi.

Kompaniya mijozlarga qulay va sifatli xizmat koʼrsatish maqsadida onlayn sugʼurta platformalarini ishga tushirdi va qisqa vaqt ichida sugʼurtaning 9 turini toʼliq onlayn rejimiga oʼtkazdi. 2022 yilda kompaniyaning raqamli platformalari orqali 303 000 dan ortiq onlayn polislari sotib olindi, bu koʼrsatkich 2021 yilga nisbatan 15 barobar koʼpdir.

Barcha elektron platformalarda sugʼurta hodisasini koʼrib chiqish uchun onlayn ariza berish xizmati mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu xizmat sugʼurta hodisasini ofisga tashrif buyurmasdan onlayn tarzda hal qilish va buning uchun sugʼurta tovonini olish imkonini beradi.

Sugʼurta bozorida yetakchi oʼrinni saqlab qolishda kompaniyaning xodimlari va sugʼurta agentlarining malakasi va bilimini muntazam ravishda oshirib borishga qaratilayotgan katta eʼtibor ahamiyatli boʼldi. 2022 yilda “Sugʼurta maktabi”ni yanada rivojlantirish boʼyicha qator ishlar amalga oshirildi, kompaniyaning 3283 nafar xodimi va sugʼurta agentlarining malaka oshirishiga yordam bergan “Sugʼurta akademiyasi” faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

Xodimlarning malakasini uzluksiz oshirish kontseptsiyasi doirasida 2022 yil davomida hududiy filial rahbarlari dunyoning oʼnta yirik qayta sugʼurtalovchilaridan biri boʼlgan Korean Reinsurance Company (Korean Re), Hyundai Marine & Fire Insurance (Janubiy Koreya) sugʼurta kompaniyalariga tajriba almashish uchun yuborildilar hamda 30 nafar tuman boʼlimlari boshliqlari va kompaniyaning yetakchi mutaxassislari Praga shahridagi Gʼarbiy Bogemiya universiteti (Chexiya)da malaka oshirish kurslarini tamomladilar.

2022 yil may oyida Oʼzbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Makon Marketing Forum IV yillik biznes-forumida “Oʼzbekinvest” kompaniyasi “Yil brendi” mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, kompaniya “Sugʼurta bozori yetakchisi” nominatsiyasi sohibi boʼldi.

“Oʼzbekinvest” ijtimoiy yoʼnaltirilgan tijorat tuzilmasi boʼlib, kompaniya tomonidan 2022 yilda ijtimoiy va xayriya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, nogironligi boʼlgan shaxslarga, mehribonlik uylariga, sport federatsiyalariga va maktablarga manzilli moddiy va xayriya yordami koʼrsatishga 1,9 milliard soʼmdan ortiq mablagʼ yoʼnaltirildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da belgilangan vazifalarga muvofiq “Oʼzbekinvest” sugʼurta kompaniyasi oʼz faoliyatini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʼnalishlarini belgilagan holda xalqaro sugʼurta bozorlarida faoliyatni yanada kengaytirish, mijozlarga xizmat koʼrsatishni yaxshilash, innovatsion sugʼurta mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish, onlayn sugʼurtani ragʼbatlantirish, “uzluksiz taʼlim” kontseptsiyasini amalga oshirish va kadrlar malakasini oshirishdagi ishlarni davom ettirishni reja qilib belgilab qoʼygan.

2023 yilda “Oʼzbekinvest”ning tahlillashtirish, risklarni baholash, qarorlar qabul qilish va hujjatlarni rasmiylashtirishdagi barcha asosiy jarayonlari sunʼiy intellekt texnologiyasiga asoslangan raqamli formatga oʼtkazgan holda toʼlaqonli raqamli kompaniyaga aylanish boʼyicha tizimli ishlar yakunlanadi.