"Oʼzbekinvest” kompaniyasi 2021 yilda investitsiya loyihalarini sugʼurtasi boʼyicha 20,1 trln. soʼm miqdorida majburiyat oldi.

chop etish versiyasi
20.04.2022

Pandemiya davridan keyingi, iqtisodiy faollikning tiklanish davrida 2021 yilda “Oʼzbekinvest” kompaniyasi investitsiya loyihalarini, shu jumladan, toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni sugʼurtalash boʼyicha ham oʼz faoliyatini jadallashtirdi.
Qabul qilingan majburiyatlar hajmi 2021 yilda 20,1 trln. soʼmni tashkil qildi.
Respublika hududlarida sugʼurtaning ushbu yoʼnalishdagi rivojlanish natijalariga koʼra, mukofotlar yigʼimi 30 milliard soʼm miqdorida taʼminlanib, 2020 yil yakunlariga nisbatan 153 foizga oshdi.
Ushbu koʼrsatkich, 2017 yilning yakuniy koʼrsatkichlariga nisbatan esa 9 barobarga oshgan.
“Oʼzbekinvest” tomonidan 2021 yil maboynida investitsiya loyihalarini sugʼurta qilish yoʼnalishida tuzilgan 106 ta shartnomalar boʼyicha 21,6 milliard soʼm miqdoridagi sugʼurta qoplamalari toʼlangan boʼlib, bu koʼrsatkich 2020 yil sugʼurta toʼlovlariga nisbatan 155 foizga oʼsgan.
Investitsiya loyihalarining sugʼurtasi boʼyicha respublika miqyosida shartnomalarning umumiy soni 4405 tani tashkil etib, soʼnggi 5 yil ichida 18 barobarga oshdi.
Kompaniya yirik va oʼrta biznes-tuzilmalariga, hamda korxonalarga zamon talablariga mos quyidagi sugʼurta mahsulotlarining jamlanmasini taklif etmoqda: qurilish-montaj tavakkalchiliklarini sugʼurtalash, mol-mulk, javobgarlik, yuk, hamda eksport shartnomalarini sugʼurta qilish hizmatlari.
Joriy yilda “Oʼzbekinvest” kompaniyasi investitsiya loyihalarini sugʼurtalash doirasida respublika hududlaridagi erkin iqtisodiy, kichik sanoat va ixtisoslashtirilgan zonalarida kuchli, hamda ishonchli hamkor sifatida oʼzining ishlarini faol davom ettiradi.