Eksport qiluvchilarning mulki, javobgarligi va tadbirkorlik faoliyatini kompleks sugʼurta qilish doirasida 2021 yilda 28 milliard soʼm sugʼurta mukofotlari yigʼildi.

chop etish versiyasi
08.04.2022

Kompaniya jahonning yetakchi davlatlari eksport-kredit agentliklari bilan jami 40 dan ortiq shartnoma va hamkorlik Memorandumlarini tuzgan. Xususan, EKSАR (Rossiya), NEXI (Yaponiya), SINOSURE (XXR), KSure (Koreya), UK Export Finance (Buyuk Britaniya), COFACE (Frantsiya), SACE (Italiya), (ICIEC) va Export Credit Etihad Credit Insurance (BАА) va boshqalar bilan.
Sugʼurta hodisalari yuz berganligi munosabati bilan kompaniya tomonidan berilgan polislar boʼyicha 2021 yil davomida eksportchilarga
25 milliard soʼm sugʼurta qoplamalari toʼlandi.
Joriy yilda ham “Oʼzbekinvest” kompaniyasi respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish boʼyicha davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, tovar, ish va xizmatlarning milliy eksportchilarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlashni davom ettiradi.