2021 yilda “Oʼzbekinvest” sugʼurta kompaniyasi milliy mahsulot,
ish va xizmatlarni eksport qiluvchi tadbirkorlarning sugʼurta ximoyasi xajmini oshirdi va bu bilan oʼzining ishonchli sugʼurtachi hamda hamkor nufuzini tasdiqladi.
OʼzRespublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi “Eksportga koʼmaklashish va uni ragʼbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi hamda “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʼurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi
2019 yil 24 maydagi Qarorlarida belgilab berilgan vazifalarni bajarib, 2021 yilda milliy eksportchilarga 1,78 milliard АQSh dollari miqdorida sugʼurta himoyasini taqdim etdi, bu esa respublikaning noxomashyo eksporti qoplanishining 33 foizini tashkil etdi.
2020 yil yakunlariga koʼra, oʼsish 115 foizni tashkil etgan boʼlsa,
2016 yildan boshlab, milliy eksportchilarga taqdim etilgan sugʼurta qoplamalari hajmi 16 barobarga oshdi.
08.04.2022