Sogʼlom turmush tarzi - salomatlik garovi!

chop etish versiyasi
17.08.2022

Bugun, 17 avgust kuni "Oʼzbekinvest" EISK АJ ning ayol xodimlari uchun "Maʼnaviyat va maʼrifat soati" oʼtkazildi. "Sogʼlom turmush tarzi- salomatlik garovi! " mazuida oʼtkazilgan tadbirda Kompaniyaning tibbiyot xodimi Аbdullaeva Nodira Yulchievna ayollar salomatligining oʼziga xos xususiyatlari, yoshga doir kasalliklari xaqida soʼzladi. Jumladan, oddiy bosh ogʼrigʼining sabablari koʼp ekani, ulardan biri yurtimiz aholisiga xos anemiya kasalligi, yod moddasining yetishmovchiligi boʼlishi mumkinligi aytildi. Bilib- bilmay dorilarni qabul qilish tanada ogʼir asoratlarga sabab boʼlishi, faqatgina tibbiy yoʼriqnoma boʼlsagina qabul qilish zarurligi uqtirildi.
Аyollarning klimatrik yoshida yuz beradigan oʼzgarishlarni vaqtida asoratsiz davolash imkoni va bunda sport bilan shugʼullanish ham foydadan xoli emasligi, sport- salomatlik garovi va qarilik davrini orqaga suradigan omillardan biri ekani aytildi.
Davra suhbati mobaynida ayollar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga toʼlaqonli javob oldilar.

photo_2022-08-17_16-56-43