"O‘zbekinvest" Sug‘urta kompaniyasida HR-menejment

chop etish versiyasi
09.02.2022

Ishga yangi qabul qilinayotganda talabgor jo‘natgan ma’lumotnomaning tuzilishiga, imloviy xatolarining bor-yo‘qligiga, yozilish uslubiga qarab, egasining bilimiyu, ishga bo‘lgan munosabatiga baho berilsa, ma’lumotnomaga joylashtirilgan fotodan psixologik xulosaning 70 foiziga ega bo‘lish mumkin.Bosh HR menejer tasdig‘idan o‘tgan talabgorgina Kompaniyaning Bosh direktori suhbatiga shaxsan chorlanadi. Suhbat xulosasi muvaffaqiyatli topilsa, Yangi ishga tushgan xodim uchun "O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasida faoliyat yuritishiga kerakli bo‘lgan barcha imkoniyatlar yaratiladi. Lekin yangi xodimning ish joyiga moslashuvida yana HR menejerlarining maslahati zarur bo‘lib, bunda tashkilot jamoasi bilan tanishtirish, nimalarga e’tibor berishdan tortib, kimga qanday murojaat qilish kabi talaygina baland-past sharoitlarni tushuntirish- anchayin vaqt va e’tiborni talab etadi...