Har bir tashkilot o‘z jamoasiga innovasion g‘oyalarni taklif qiladigan malakali mutaxassislarni jalb qilishga harakat qiladi. Chunki ular tashkilot rivojiga yangilik kiritib, uning imkoniyatlarini kengaytiradi, daromadlarini ko‘paytiradi. Ana shunday xodimlarni mehnat bozoridan topib, ularni ko‘pchilikning ichidan tanlab, iqtidoriga yarasha sharoitlarni belgilovchi shaxslar HR menejerlaridir.. Buning uchun ular kuchli salohiyat egasi, psixolog bo‘lishlari shart.
"O‘zbekinvest" EISK AJning bosh HR menejeri Shohista Aripxodjayeva o‘z ishining ustasi. U Kompaniyaning nafaqat Asosiy, balki hududiy filiallariga ham sug‘urta sohasining yetuk mutaxassislarini tanlashda tinmay izlanadi.Bu jarayon ancha murakkabligi bilan ajralib turadi, albatta..