“O‘ZBEKINVEST" EISK AJ NING TALABA SUG‘URTA AGENTLARI ORASIDA O‘TKAZILADIGAN “ENG YAXSHI TALABA-SUG‘URTA AGENTI” TANLOVINI O‘TKAZISH TARTIBI

chop etish versiyasi
04.09.2023

1-BO‘LIM. TARTIBNING MAQSADI

1.1. “O‘zbekinvest” EISK AJning (keyinchalik matnda - “Kompaniya” deb yuritiladi) talaba-sug‘urta agentlari orasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi sug‘urta agenti” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi mazkur Tartib (keyinchalik matnda - “Tartib” deb yuritiladi), Kompaniyada talaba-sug‘urta agentlari uchun har yili 1 sentyabrdan 31 dekabrga qadar “Mahallabay” yo‘nalishi sug‘urta mahsulotlari lineykasi bo‘yicha umumiy sug‘urta turlari, jumladan ihtiyoriy sug‘urta shakli bo‘yicha shartnomalarni tuzishni (sug‘urta polislari sotilishini) ta'minlagan talaba-sug‘urta agentlarini rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.

1.2. Mazkur Tartib Kompaniyaning ichki normativ hujjati hisoblanadi va “Eng yaxshi talaba-sug‘urta agenti” tanlovini o‘tkazish tartiblarini belgilaydi.

2-BO‘LIM. AMAL QILIShI

2.1. Ushbu Tartibning talablari umumiy sug‘urta turlari, jumladan ihtiyoriy sug‘urta shakli bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini tuzishni (sug‘urta polislarini sotishni) ta'minlagan talaba-sug‘urta agentlari bilan agentlik kelishuviga ega Kompaniyaning barcha hududiy filiallarida tadbiq etiladi.

3-BO‘LIM. TA'RIFLAR

3.1. Tanlov – mazkur Tartibda belgilangan mezonlarga asosan “Eng yaxshi talaba-sug‘urta agenti” nominasiyasi bo‘yicha samarali va faol ishlayotgan talaba sug‘urta agentlari orasidan saralash. 

3.2. Ishtirokchilar – Tanlovda ishtirok etadigan Kompaniyaning talaba-sug‘urta agentlari.

3.3. Tanlov komissiyasi – Tanlov g‘oliblarini aniqlash uchun vakolati bo‘lgan Kompaniya xodimlari.

3.4. Tanlov g‘olib(lar)i – Tanlov komissiyasi tomonidan mukofotlash uchun aniqlangan, Tanlov ishtirokchilari ichidan tanlab olingan talaba-sug‘urta agentlari.

3.5. Talaba-sug‘urta agentlari – Jamiyat nomidan va uning topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnoma (sug‘urta polis)larini tuzish hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs-talabalar.

4-BO‘LIM. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

Ushbu Tartibni ishlab chiqishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar foydalanildi:

4.1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi. 

4.2. 21.11.2021 yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” gi O‘RQ-730 sonli Qonuni.

4.3. “O‘zbekinvest” EISK” AJ ning 2020 yil 22 iyulda tasdiqlangan Nizomi.  

4.4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003 yil 1 fevraldagi 1213-sonli “Sug‘urta agentlari to‘g‘risida” gi Nizom. 

4.5. Kompaniyaning 2023 yil 13 fevraldagi RD-27 sonli “Sug‘urta agentlari bilan ishlash to‘g‘risida”gi Nizom.

4.6. “O‘zbekinvest” EISK AJ ning 2018 yil 6 noyabrdagi RD-05-sonli “Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomasi”.

4.7. “O‘zbekinvest” EISK” AJ Chakana sug‘urta biznesi va sug‘urtaning elektron turlarini rivojlantirish departamenti to‘g‘risidagi 2022 yil 13 iyuldagi RD-GK37-01-sonli Nizom.

5-BO‘LIM. TANLOV KOMISSIYaSI

5.1. Kompaniya bo‘yicha talaba-sug‘urta agentlari o‘rtasida tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan komissiya xulosasiga asosan mazkur tanlov o‘tkaziladi. Tanlovni o‘tkazish uchun komissiya a'zolari birgalikdagi maslahat organ hisoblanadi va komissiya Raisi tomonidan boshqariladi.

5.2. Tanlov komissiyasi a'zolari kamida 5 (besh) nafardan iborat bo‘lishi belgilanadi va Tanlov komissiyasi a'zolari tarkibi, komissiya raisi kompaniya Bosh direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

5.3. Tanlov komissiyasi tarkibidan komissiya Kotibi tayinlanadi va uning tomonidan Tanlov komissiyasi yig‘ilishi bayonnomalari va tanlov hujjatlari rasmiylashtiriladi.

5.4. Tanlov komissiyasi ushbu Tanlov asosida Tanlov ishtirokchilari to‘g‘risida yuborilgan hujjatlarni o‘rganib chiqadi va tanlov g‘olibini aniqlaydi hamda tanlov yuzasidan kompaniyaning tegishli tarkibiy tuzilmalari va filiallari mas'ullariga ma'lumot va maslahat beradi.

5.5. Tanlov komissiyasi qaror qabul qilishda, zaruriyat bo‘lganda kompaniya tarkibiy tuzilmalari rahbarlaridan qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qilish, taqdim qilingan hujjatlarni tekshirish va ma'lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Tanlov ishtirokchisining o‘zini yig‘ilishga chaqirish yoki Tanlov ishtirokchisi bilan aloqa vositalari orqali muloqot qilish huquqiga ega. Komisiya yig‘ilishi uning a'zolarining oddiy ko‘pchilik qismi (komissiya raisini inobatga olgan holda) ishtirok etganda o‘tkaziladi.   

5.6. Tanlov komissiyasi yig‘ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovoz berish shakli ochiq bo‘ladi. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan Komissiya a'zolarining ko‘pchilik qismi bilan qaysi/kim (tanlov ishtirokchisi) uchun ovoz bergan taklifi qabul qilingan hisoblanadi. Agar ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, komissiya raisi ovoz bergan taklif qabul qilinadi. 

5.7. Kompaniya rahbariyatiga Tanlov komissiyasi tanlov yakuni bo‘yicha tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘a turlari bilan taqdirlanishi bo‘yicha taklif kiritadi.

6-BO‘LIM. NOMZODLARNI KO‘RSATISh

6.1. “Eng yaxshi talaba-sug‘urta agenti” tanloviga nomzodlar, (1 sentyadan 31 dekabrgacha bo‘lgan) hisobot davri bo‘yicha hududiy filiallar sug‘urta agentlari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofoti, ya'ni Kompaniyaning yagona elektron bazasidan olingan haqiqiy ko‘rsatkichlar, sug‘urta agentini 

asosiy majburiyatlari) talablarini muntazam bajarib borishi, muqaddam moodle.uzbekinvest.uz o‘quv platformasida topshirilgan test natijalari asosida ko‘rsatiladi.
6.2. “Eng yaxshi talaba-sug‘urta agenti” tanlovida hududiy filiallar kesimida sug‘urta mukofoti yig‘imini ta'minlagan talaba-sug‘urta agentlari ishtirok etadi, nomzodlar har bir filialdan ushbu Tartibning 7.2. bandi talablari doirasida sug‘urta mukofotini to‘plagan va keng miqiyosdagi sug‘urta portfeliga ega bo‘lgan talaba-sug‘urta agenti bo‘lishi kerak.
6.2.1. Ushbu tanlovga nomzodlar 1 sentyabrdan 31 dekabrga qadar talaba-sug‘urta agentlari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari xususida hududiy filial rahbarlari tomonidan imzolangan ma'lumotlar 1-Ilovaga muvofiq taqdim etiladi.
6.2.2. Tanlovga taqdim etilayotgan ma'lumotlar filialning faqat o‘zlik shartnomalari bo‘yicha bo‘lishi hisobga olinishi zarur.

7-BO‘LIM. TANLOV G‘OLIBLARINI ANIQLASh
7.1. “Eng yaxshi talaba-sug‘urta agenti” tanlovi g‘oliblari quyidagicha aniqlanadi.
7.2. Tanlov g‘oliblari Kompaniyaning “Mahallabay” tizimi sug‘urta mahsulotlari lineykasi bo‘yicha talaba-sug‘urta agentlari tomonidan rasmiylashtirgan sug‘urta polislari miqdori bo‘yicha barcha hududiy filiallar kesimida YeAIS orqali aniqlanib, tanlov g‘oliblarini:
- 1-chi o‘rin: 50 mln so‘mdan ortiq sug‘urta mukofoti yig‘gan har bir talaba sug‘urta agentiga-notbuk;
- 2-chi o‘rin: 35 mln so‘mdan ortiq sug‘urta mukofoti yig‘gan har bir talaba sug‘urta agentiga-planshet;
- 3-chi o‘rin: 20 mln so‘mdan ortiq sug‘urta mukofoti yig‘gan har bir talaba sug‘urta agenti-smartfon bilan mukofotlanadi.
7.3. Tanlov komissiyasi "Eng yaxshi talaba-sug‘urta agenti" nominasiyasi bo‘yicha 1, 2 va 3 o‘rinlar bo‘yicha g‘oliblikka nomzodlarni ko‘rib chiqishda ushbu Tanlovning 4-bo‘limida qayd etilgan normativ hujjatlarlarni nomzodlar bilmasligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli ularni taqdirlamaslik xususida qaror qilishga haqli.

8-BO‘LIM. TANLOV G‘OLIBLARINI TAQDIRLASh
8.1. Tanlov komissiyasi qaroriga asosan Tanlov g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risida Kompaniya Bosh direktorining buyrug‘i chiqariladi.
8.2. “Eng yaxshi talaba-sug‘urta agenti” Tanlovi bo‘yicha hududiy filiallar talaba-sug‘urta agentlari orasidan mazkur Tanlov talablari bo‘yicha “Eng yaxshi talaba-sug‘urta agenti” deb topiladi.
8.2.1. “O‘zbekinvest EISK” AJning Tanlov natijalari bo‘yicha “Eng yaxshi talaba-sug‘urta agenti” tanlovi g‘olib(lar)iga Tanlov o‘tkazilgandan so‘ng bir oy davomida “O‘zbekinvest EISK” AJ xarid qilinib, tantanali tarzda tegishli oliy o‘quv yurtida taqdirlanadi.
8.3. Komissiya qarori va Kompaniyaning buyrug‘i asosida Tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar o‘rnatilgan tartibda topshirish va qabul qilib olish dalolatnomasi bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Sovg‘alarni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi, g‘oliblarning pasport nusxalari va amaldagi qonunchilik asosida g‘oliblarga daromad solig‘i hisoblanishi uchun hududiy filiallar buxgalteriyasiga rasmiylashtirib topshiriladi, hamda Bosh kompaniya va filial o‘rtasida o‘zaro hisob kitoblarni yuritish uchun hujjatlar nusxasi Bosh kompaniyaga taqdim etilishi lozim.

9-BO‘LIM. BOShQA ShARTLAR
9.1. Ushbu Tartib Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

10-BO‘LIM. ISTISNOLAR
10.1. Mazkur Tanlov bo‘yicha istisnolar yo‘q.

11-BO‘LIM. JAVOBGARLIK
11.1. Ushbu Tanlov talablarini amaliyotga qo‘llash bo‘yicha nazorat va javobgarlik Kompaniyaning Chakana sug‘urta biznesi va sug‘urtaning elektron turlarini rivojlantirish departamenti Bosh menejeriga yuklatiladi.

12-BO‘LIM. HUJJATNING SAQLANIShI
12.1. Ushbu Tanlovning asli Kompaniya devonxonasida saqlanadi.

13-BO‘LIM. ILOVA
13.1. Hududiy filiallarning sug‘urta agentlari tomonidan tuzilgan barcha shartnomalar xususida taqdim etiladigan ma'lumotlari 1-ilovaga asosan Kompaniya yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma'lumotlar asosida shakllantiriladi.