"Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi ishni “mahallabay” tamoyili asosida tashkil etishda ishtirok etishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab oldi.
Mamlakatimizning 9 mingdan ortiq mahallasida istiqomat qilayotgan aholini turli xavf va xatarlardan qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu tadbirlar shahar va qishloq aholisi o‘rtasida faol tushuntirish ishlarini olib borish, yoshlar orasidan yangi sug‘urta agentlarini jalb qilishdan iborat edi.
Natijada kam ta'minlangan oilalardan bo‘lgan 1029 nafar fuqaro sug‘urta agenti sifatida ish bilan ta'minlandi. 2022 yilda ular tomonidan mahallalarda 12,3 milliard so‘mlik 176,1 ming donadan ortiq sug‘urta polislari sotilgan.
Ma'lumki, mijozlar tomonidan sug‘urta tashkilotini tanlashda asosiy omillardan biri bu to‘lab berilgan sug‘urta qoplamalari to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlardir. 2023 yilning birinchi choragida “O‘zbekinvest” tomonidan “Mahallabay” dasturi doirasida sotilgan polislar bo‘yicha 107 nafar mijozga 225 million so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.
Masalan, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Nurmatovlar oilasi 50 000 so‘m evaziga “Mening uyim – mening Vatanim” mol-mulk sug‘urta polisini xarid qilgan edi. Taqdir taqozosi bilan yong‘in natijasida (mijoz familiyasi) oilasining uyi yonib ketdi. “O‘zbekinvest” xodimlarining voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishi natijasida yetkazilgan zarar hisoblab chiqilib, mijozga 78 million so‘m miqdorida tovon puli to‘lab berildi.
Kompaniya shahar va qishloq aholisiga ko‘plab sug‘urta polislari to‘plamini taklif etadi, jumladan: baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, uy-joy sug‘urtasi, avtotransport vositalarini sug‘urtalash va boshqalar.
“O‘zbekinvest” kompaniyasi vakillari mahallalarda aholi bilan o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda sug‘urta xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga sug‘urta ko‘zda tutilmagan zararlar qoplanishining moddiy manbai ekanligi haqida tushuntirishlar berdilar.
“O‘zbekinvest” tomonidan mamlakatimizning chekka hududlari aholisiga taklif etilayotgan sug‘urta turlarining aksariyati “inklyuziv” deb ataladigan sug‘urta turlariga tegishlidir. Bu shuni anglatadiki, ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha polis stavkalarini tuzishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining eng kam daromadlari hisobga olinadi. Shu yo‘l bilan kam ta'minlangan oilalardan bo‘lgan fuqarolar sug‘urta himoyasi bilan ta'minlanadi.
2023-yilda “O‘zbekinvest” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimiz mahallalarida aholini sug‘urta himoyasini ta'minlash, ularning moliyaviy xizmatlarning ushbu turiga ishonchini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar respublikamizning barcha hududlarida davom ettiriladi.