Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “O‘zbekinvest” kompaniyasida “ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

chop etish versiyasi
10.12.2024

Joriy yilning 10 dekabr kuni “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining bosh binosida «9 dekabr' – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Unda Bosh prokuratura huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Adliya vazirligi vakillari, “O‘zbekinvest” EISK AJ xodimlari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati; uning ochiqligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlarga doir taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, jamiyatdagi kadrlar siyosati, xaridlarni muvofiqlashtirish, raqamlashtirish va AKTni joriy etish borasida olib borayotgan ishlar xususida ma'lumotlar berildi.