“O‘zbekinvest” kompaniyasi “Angren gold logistic” kompaniyasiga kelib chiqqan zararlar uchun tovon to‘ladi.

chop etish versiyasi
23.03.2023

Angren gold logistic - Turkiya, Rossiya, shuningdek, Yevropa davlatlariga yuk tashish bo'yicha mahalliy tashkilotdir.
O'z faoliyatini amalga oshirishda kompaniya bir necha bor o'z mijozlariga kelib chiqqan zararlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olishga majbur bo'ldi. Natijada 2022-yil may oyida tashkilot rahbariyati “O‘zbekinvest” kompaniyasining yuridik shaxslarning yuklarini sug‘urtalash polisini sotib olishga qaror qildi.
Shu davr mobaynida “O‘zbekinvest” tomonidan ikki marta – 2022-yil dekabrda 82,6 million so‘m, 2023-yil fevral oyida esa 41,3 million so‘m miqdorida “Angren gold logistic”ga sug’urta tovoni to’lab berildi.
Jami “Angren gold logistic” kompaniyasining zararlari uchun sugʻurta qoplamasi 124 million soʻmni tashkil etdi.