“Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish mavzusida” seminar bo‘lib o‘tdi

chop etish versiyasi
07.06.2024

Joriy yilning 6-iyun kuni “O‘zbekinvest” EISK AJda korrupsiyani oldini olish, qonun buzilishlari, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish maqsadida «Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish» mavzusida Bosh kompaniya xodimlari hamda hududiy filiallarining xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Seminarni “O‘zbekinvest” AJ Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari R. Xalikov ochib berib, kompaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli Qarori qabul qilinganligi va mazkur Qaror bilan barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilanganligini ta'kidlandi.

Tadbirda so‘zga chiqgan “O‘zbekinvest” EISK AJ Yuridik departamenti yuriskonsul'ti J. Asadullaev tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga korrupsiya tushunchasi, uning turlari, unga qarshi kurashish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy va ichki me'yoriy hujjatlar, vakolatli davlat organlari hamda kompaniyaning bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha strategiyasi haqida batafsil ma'lumot berdi.