“Ўзбекинвест” ЭИСК” АЖнинг Жиззах вилоят филиалида “Коррупция ислоҳотлар йўлидаги энг катта тўсиқ ва ғов” мавзусида семинар тадбири бўлиб ўтди

chop etish versiyasi
04.06.2025

Joriy yilning 3-iyun sanasida “O‘zbekinvest” EISK” AJning Jizzax viloyat filialida “Korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov” mavzusida seminar tadbiri tashkil qilindi. Ushbu seminar tadbirida “O‘zbekinvest” EISK” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va xavfsizlikni ta’minlash departamenti rahbari, Jizzax shahar Adliya bo‘limi xodimlari hamda filial xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslarga, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga  to‘xtalib o‘tildi.

Seminar tadbiri baxs-munozaraga boy o‘tdi, yakunida, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan batafsil javob oldilar.

Bunday seminar tadbirlari boshqa filiallarda ham davom etadi.

 “O‘zbekinvest” EISK” AJ tizmida korrupsiyaviy yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga duch kelsangiz quyidagi aloqa kanallari orqali xababr bering:

antikorrupsiya@uzbekinvest.uz

+998 (78) 120-03-61

@Uzbekinvest_ichkinazorat

www.uzbekinvest.uz