“O‘zbekinvest” EISK” AJning navbatdagi “Korrupsiyaga qarshi kurash – adolatli jamiyat garovi” mavzusida seminar tadbiri Jamiyatning Surxondaryo viloyat filialida tashkil qilindi

chop etish versiyasi
17.09.2025

Joriy yilning 17-sentabr sanasida “O‘zbekinvest” EISK” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti tomonidan Jamiyat Surxondaryo viloyat filialida “Korrupsiyaga qarshi kurash – adolatli jamiyat garovi” mavzusida Termiz shahar Adliya bo‘limi mas’ul xodimi ishtirokida seminar tadbiri tashkil qilindi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslarga, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga  to‘xtalib o‘tildi.

Bunday seminar tadbirlari boshqa filiallarda ham davom etadi.

 “O‘zbekinvest” EISK” AJ tizmida korrupsiyaviy yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga duch kelsangiz quyidagi aloqa kanallari orqali xababr bering 

antikorrupsiya@uzbekinvest.uz

+998 (78) 120-03-61

@Uzbekinvest_ichkinazorat

www.uzbekinvest.uz