“O‘zbekinvest” korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazdi

chop etish versiyasi
09.06.2023

“O‘zbekinvest” tomonidan tizimdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘rganish, uning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini keng tadbiq etishga qaratilgan navbatdagi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan faktlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rish maqsadida kompaniya xodimlari o'rtasida anonim so'rovnomalar o'tkazilib kelinmoqda. Bu amaliyot bir necha yillardan buyon bunday tadbirlarni o‘tkazish jarayonida o‘z samarasini ko‘rsatdi.

Shu tariqa, joriy yilning 30 may kuni kompaniya Bosh ofisi xodimlari anonim so‘rovnomadan o‘tdilar, unda xodimlar orasidan 90 kishi ishtirok etdi. Bu bosh ofis xodimlarining 75 foizini tashkil qiladi.

Natijalarga ko‘ra, xodimlarning 77 foizi korxonada korrupsiya faktlari yo‘qligini, 9 foizi korrupsiya holatlari juda kam uchraydi, 14 foizi - manfaatlar to‘qnashuvi holatlari tez-tez uchrab turadi, deb javob bergan.

“Kompaniya faoliyatining qaysi jarayonlarida korrupsiya holatlari uchraydi?” degan savolga xodimlarning 30 foizi bunday holatlar ko‘pincha shartnomalar tuzishda uchrab turishini, 12 foizi xodimlarni ishga olishda, 12 foizi sug‘urta to‘lovlarini to‘lashda, 46 foizi bunday holatlarni guvohi bo’lmaganliklarini aytishgan.

Anonim so‘rovnomalarda keltirilgan faktlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, korrupsiya holatlari yuzasidan “Oʻzbekinvest” AJ masʼul xodimlariga quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

Ishonch telefoni: +(99878) 120 03 61

Elektron pochta manzili: antikorrupsiya@uzbekinvest.uz