Tashkilotlar diqqatiga!

chop etish versiyasi
31.01.2025

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati obyektdagi noturar joylarni kapital ta’mirlash (rekonstruksiya qilish) bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash tablovini o‘tkazish e’lon qilinadi:  “O‘zbekinvest” EISK AJ binosi: Toshkent shahri , Chilonzor tumani, S mavzesi, Cho‘pon-ota ko‘chasi, 6-uy (1 bosqichi)”. 1-bosqich quyidagilardan iborat: bino ichidagi demontaj ishlari, binoning fasadini yangilash, musorlarni yig‘ish va tashish, tashqi yoritishni o‘rnatish(mantaj).

Xizmatlar va ishlarning umumiy qiymati QQS bilan 9 320 715 981,0 so‘mdan oshmasligi kerak.

Taklif etilgan shartlarda tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan mahalliy va xorijiy tashkilotlar va firmalar ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Tanlov saytda amalga oshiriladi tender.uzex.uz.

Tanlov ishtirokchilari buyurtmachiga tanlov hujjatlarning qoidalariga tushuntirish olish uchun onlayn tarzda so‘rov yuborish huquqiga ega.

Mazkur so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida davlat buyurtmachisi, agar ushbu so‘rov davlat buyurtmachisiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki ish kuni oldin kelib tushgan bo‘lsa, tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlarni yuboradi.

Tanlov takliflarni ko‘rib chiqish va baholash-takliflar berish muddati tugagan kundan e’tiboran 10 kun ichida amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etadigan tashkilotlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

- shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarning mavjudligi;

- ushbu sohadagi tajriba va mijoz bilan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tavsiyanomalarning mavjudligi;

- shartnoma tuzish vakolati;

- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi;

- insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida ular haqida yozuv yo‘qligi;  

- ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan bankrotlik ishlarining mavjud emasligi.