Ushbu mukofotga Oʼzbekiston bozorida oʼz faoliyatidagi yutuqlari bilan ajralgan, marketing yoʼnalishidagi yangiliklarni tatbiq etgan Kompaniya loyiq boʼladi. Mukofot egasini aniqlovchi tanlov jarayoni esa isteʼmolchilar orasida, ijtimoiy tarmoqlar yordamida, ochiq ovoz berish yoʼli bilan bir oy avval amalga oshiriladi. Soʼngra soʼrovnomalar natijalari va Oʼzbekiston Marketing Аssosatsiyasi aʼzolari hamda ekspertlarining xulosasi asosida gʼolib aniqlanadi.
Xususan, Oʼzbekinvest"EISK АJ ushbu anjumanning VIP hamkori sifatida ishtirok etdi va 200 dan ziyod brendlar orasida oʼtkazilgan koʼrik tanlovning "2021-yil brendi" mukofotini qoʼlga kiritdi va "2021- yilda sugʼurta bozorining yetakchisi" nomiga sazovor boʼldi. Ushbu yutuq Kompaniya faoliyati, aholiga taklif etayotgan mahsuloti va xizmatlariga berilgan yuksak baho boʼlib, "Oʼzbekinvest" SK tanlagan strategiya toʼgʼri va aniq ekanligidan darak beradi.