Buxoroda «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasi o'tkazildi

chop etish versiyasi
21.12.2018

Joriy yilning 19-dekabr kuni «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasining Buxoro viloyatidagi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Kompaniya mijozlari, hamkorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda aksiyaning 10 nafar g'olibiga qimmatbaho zamonaviy maishiy texnika vositalari topshirildi.

Tasodifiy raqamni tanlash yo'li orqali kompaniyaning Buxoro viloyatidagi quyidagi omadli mijozlari g'olib deb topildi va qimmatbaho sovg'alar egalariga aylanishdi:

  1. Jamilov Javohir (elektron choynak)
  2. Kenjayev Rajab (mikser)
  3. G'iyosova Umidajon (buterbrotnitsa)
  4. Jumayev Habib (dazmol)
  5. Qudratov Sobirjon (miniduxovka)
  6. Hayitov Murodjon (mikroto'lqinli pech)
  7. Hayitov Normurod (idishlar to'plami - 6 kishi uchun)
  8. Ergashev Sanjar (elektron go'sht maydalagich)
  9. Sodiqov Solijon (konditsioner)
  10. Yunusov Shokir (muzlatgich)

G'oliblarni tabriklaymiz va aksiyaning barcha ishtirokchilariga kompaniyaga bo'lgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

 
 
 
 

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati