Uzbekinvest kompaniyasining Buxoro viloyati filialida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

chop etish versiyasi
08.09.2023

Joriy yilning 7-sentabr kuni “Uzbekinvest” EISK Buxoro viloyati filiali tomonidan viloyatdagi OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o’tkazildi. Anjuman “Uzbekinvest kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, mijozlar va aholi uchun manfaatli sug’urta turlari" mavzusiga bag'ishlandi.

“Rangrez” mehmonxonasining konferens-zalida tashkil etilgan anjumanda bir qator nufuzli telekanallarning jurnalistlari, gazeta muxbirlari va blogerlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, yong'in profilaktikasi samarodorligini oshirish  va yong'in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorlarga muvofiq Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining xodimlari bilan hamkorlikda  muntazam ravishda “Yong’indan ogohlik” umummilliy kampaniyasini amalga oshirish  bo’yicha kelishuvga muvofiq bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Anjuman davomida, jurnalist va blogerlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.