Karyera kuni

chop etish versiyasi
10.05.2022

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947-sonli farmoni ijrosini taʼminlash va mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun tayyorlanayotgan kadrlarni ishlab chiqarish korxonalari talablariga yoʼnaltirish maqsadida Toshkentdagi Singapur menejmentini rivojlantirish universitetida “Karьera kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Kompaniya “Sugʼurta maktabi” direktori B.Kamilov, axborot xizmati rahbari M.Shukurova, Marketing va reklama departamenti Bosh menejeri А. Аbdumajidovlar ishtirok etishdi.Tadbir maboynida talabalariga Kompaniya faoliyati, sugʼurta mahsulotlari va Kompaniyada yosh mutaxassislarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbir soʼnggida universitet bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida rejalashtirilgan ishlarni takomillashtirish maqsadida taʼlim maskani rahbariyati bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.