"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi o'tgan hafta 83 nafar mijozlariga 16.6 MILLIARD SO'MDAN ortiq sug'urta tovonlarini to'lab berdi. Bundan 15.8 milliard so'm yong'in tufayli binosi zararlangan yirik mijozimizga to'lab berildi. Bundan tashqari avtotransportlarining himoyasini bizga topshirgan mijozlarimizga 443.2 million so'mdan ortiq, COVID-19 bilan kasallangan yurtdoshlarimizga esa 143.1 million so'mdan ortiq kompensatsiya to'lanilib, kompaniyamiz o'z majburiyatlarini to'laqoniy bajarib keldi.
Mijozlarimizga og'ir vaqtlarda yordam qo'lini cho'zish va o'z vaqtida sug'urta tovonlarini to'lab berish jamoamizning asosiy vazifasi. Agar Sizda sug'urta hodisasi ro'y bergan bo'lsa va qanday qilib sug'urta tovonlarini olish haqida savollaringiz bo'lsa, tunu-kun ishlovchi qo’ng’iroqlar markaziga murojaat qiling ☎ : 71 207 60 00
Yoki mobil ilovamiz va saytimiz orqali operatorlarimizga onlayn tarzda xabar yuboring!