"Savdoni tashkil" etish va "Sodiq mijoz" tizimini joriy etish hamda VIP mijozlar bilan ishlash

chop etish versiyasi
16.09.2022

Bugun, 16 sentyabr kuni, "Oʼzbekinvest"EISK АJ ning "Sugʼurta maktabi" tomonidan reja asosida jamiyatning Bosh ofis va hududiy filiallarining mutaxassislari uchun Kompaniyada qabul qilingan "Savdoni tashkil etish" va "Sodiq mijoz" tizimini joriy etish hamda VIP mijozlar bilan ishlash boʼyicha uslubiy qoidalar xaqida maʼlumot beruvchi oʼquv mashgʼuloti boʼlib oʼtdi. Unda xodimlarning sugʼurta qonunchiligini bilishlari, aholi va VIP mijozlarga taklif etilayotgan asosiy sugʼurta mahsulotlari va koʼrsatilayotgan xizmatlarda foydalanilishi joriy etilgan optimal va muvaffaqiyatli uslubni oʼrganishlari zarurligi aytildi. Onlayn vebinar spikeri" Sugʼurta maktab" direktori Bahrom Komilov boʼldi.