Cross-sell sotuvi xaqidagi oʼquv mashgʼuloti.

chop etish versiyasi
28.03.2022

Joriy yilning 26 mart kuni Toshkent moliya institutining “Sugʼurta ishi” taʼlim yoʼnalishi 3 kurs talabalari uchun “Oʼzbekinvest” SK ning “Sugʼurta maktabi” tomonidan “Kompaniya sugʼurta mahsulotlari kross sotuvini (Cross-sell)tashkil etish” mavzusida navbatdagi oʼquv mashgʼuloti tashkil etildi. Oʼquv mashgʼulotida Cross-sell (kross sotuvi)ni amalga oshirish bosqichlari, Kross sotuvining asosiy vazifalari, Sugʼurta polislarining kross sotuvi boʼyicha xorij tajribalari, Sugʼurtalashda kross sotuvini tashkil etish yoʼnalishlari va Kompaniya tomonidan kross sotuvlarini tashkil etishda amalga oshirayotgan ishlari haqida batafsil maʼlumot berildi.Oʼquv mashgʼulotida Bosh Kompaniya “Korporativ mijozlar bilan ishlash va xududiy tarmoqlarni rivojlantirish departamenti” menejeri F.Istamov tomonidan taqdimot qilindi.