Kompaniyaning "Sugʼurta maktabi" tomonidan "Sugʼurta sohasi boʼyicha eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishi" tanlovi tashkil etildi. Maqsad- talaba yoshlarning sugʼurta sohasi boʼyicha ilmiy salohiyatlarini oshirish, kasbiy tayyorgarlik sifatlarini takomillashtirish, ilmiy-izlanish faoliyatini ragʼbatlantirish va iqtidorli talabalarni Kompaniya jamoasi safiga qoʼshishdan iborat.
Respublikaning eng nufuzli oliygohlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti va Toshkent moliya institutlari bakalavriatining 3-4 va magistraturaning 1-2 bosqich talabalari ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Mavzular yuzasidan referatlar 2022 yil 1 dekabriga qadar Bosh Kompaniyada tashkil etilgan tanlov komissiyasiga taqdim etilishi kerak.Tanlov gʼoliblarini "Oʼzbekinvest" EISK АJ tomonidan beriladigan qimmatbaho sovgʼalar va diplomlar kutmoqda
23.11.2022