3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

chop etish versiyasi
03.12.2021

Maʼlumki, BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qaroriga binoan har yili 3-dekabr kuni tashkilotga aʼzo mamlakatlarning barchasida, shu jumladan, Oʻzbekistonda xam “Xalqaro nogironlar kuni” nishonlanadi.

Uning asosiy maqsadi – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini ilgari surish, shuningdek, keng jamoatchilik eʼtiborini nogironlar muammolariga jalb qilishdir.

Imkoniyati cheklangan insonlar, jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi. Ularga xayot tarzi, bilim olishi, huquq tengligi, barcha sharoitlarning yaratilishi borasida mazkur sanani bayram sifatida nishonlash belgilangan. Ijtimoiy himoyaga extiyoj sezgan insolardagi bor imkoniyat, iqtidor sogʻlom odamda boʻlmasligi mumkin. Bunday qobiliyatli insonlar esa oramizda koʻpchilikni tashkil qiladi.