"O‘zbekinvest" kompaniyasi vakillari "Global Reinsurance" kompaniyasi va Dubay xalqaro moliya markazi (DIFC) boshqaruvi tomonidan tashkil etilgan Dubay shahrida har yili o‘tkaziladigan 8-Butunjahon sug‘urta kongressi (Dubai World Insurance Congress - DWIC) ishida ishtirok etishdi. Dunyoda sug‘urta sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri hisoblangan DWIC bu yil dunyoning 81 mamlakatidan 500 ta sug‘urta kompaniyasining 1500 dan ortiq yuqori lavozimli rahbarlarini yig‘ib, 8000 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazdi.
Kongress davomida "O‘zbekinvest" delegatsiyasi sohaning yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralarda faol ishtirok etdi, Kompaniyaning Global qayta sug‘urtalash va xalqaro aloqalar Markazi Direktori Anvar Umarov esa DWIC doirasida o‘tkazilgan nufuzli sessiya - Geo Spotlight: Central Asia’da O‘zbekiston sug‘urta sohasining xalqaro maydondagi imkoniyatlari va istiqbollarini taqdim etdi.

19.05.2025