“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi sug‘urta agentlarini ish tajribasi talab etilmagan holda hamkorlikka taklif etadi (daromad sotuvdan 25 foizgacha).
Agarda Siz qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishni istasangiz, 2020 yil 3-5 fevral kunlari Kompaniya Bosh Ofisi binosida bepul o‘quv seminarida ishtirok eting. Kompaniya Bosh Ofisi manzili: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Cho‘pon ota ko‘chasi, 6 uy. Mo‘ljal: “Mirzo Ulugbek” metro bekati.
Sug‘urta agenti – sug‘urta Kompaniyasi tomonidan tuzilgan agentlik kelishuviga asosan uning nomidan ish olib boradigan va uning topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomalarini tuzish va ijrosini tashkil etuvchi faoliyatni olib boradigan jismoniy yoki yuridik shaxslardir.
Quyidagi shaxslar – sug‘urta agenti faoliyatida uzoq muddatga ishlash istagida bo‘lgan va o‘z daromadini oshirishga hamda agentlikka nomzod kurslarini o‘tagan va tanlovni muvoffaqiyatli yakunlab sug‘urta sohasida hamkorlikda qilishni istaganlar sug‘urta agenti bo‘lishi mumkin.
Vaqtinchalik propiskaga ega bo‘lgan talabalar, sug‘urta agenti sifatida o‘z faoliyatlarini shu muddat davomida amalga oshirishlari mumkin.
Murojaat uchun telefon: 78 120 03 74
e-mail: malaka-oshirish@uzbekinvest.uz
Veb-sayt: uzbekinvest.uz