E-polislar - davr talabi

chop etish versiyasi
11.04.2022

Joriy yilning 09 aprel kuni Toshkent moliya institutining “Sugʼurta ishi” taʼlimi yoʼnalishida bilim olayotgan 2-3- va 4 - kurs talabalari uchun “Oʼzbekinvest” SK ning Markaziy binosida ochilgan "Sugʼurta va pensiya ishi" kafedrasining filialida “Sugʼurta maktabi” tomonidan oʼquv dasturi rejasiga asosan nazariy va amaliy bilimlardan iborat navbatdagi oʼquv mashgʼuloti boʼlib oʼtdi.

Oʼquv mashgʼuloti Sugʼurtaning Chakana savdo departamenti bosh menejeri Iroda Аrifxodjaeva tomonidan olib borildi.Mashgʼulot mavzui 2021 yil 23 oktyabridagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining " Sugʼurta bozorini raqamlashtirish va va hayot sugʼurtasi sohasini rivojlantirish qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-5265 sonli Qarorining ijrosiga qaratildi. Unga koʼra, 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab, barcha majburiy sugʼurtalarning qogʼoz shakli elektron polislariga alishadi.