Bunda E-polisning ommaviy shartnoma hisoblanishi hamda muddati bir ekani va uning sugʼurta mukofoti toʼlangan paytdan boshlab kuchga kirishi, Majburiy sugʼurtaning elektron shartnomasi amal qilish muddatidan oldin toʼxtatilish xolatlari va haqiqiy ekanligini tekshirish usuli haqida ham soʼz bordi.Oʼquv seminarida ye- polislarning boshqa polislardan farqi, uni rasmiylashtirish uchun zarur boʼlgan hujjatlar, qulayligi va eʼtibor qaratish lozim boʼlgan holatlar xaqida toʼliq va mukammal tushuncha berildi. Oʼtilgan darsni mustahkamlash maqsadida test sinovi ham yozildi.
Shuningdek, sugʼurta agenti boʼlib ishlamoqchi boʼlgan shaxslar uchun "Oʼzbekinvest" sugʼurta kompaniyasining E-AGENT mobil koʼrinishidagi oʼquv darslari ham mavjudligi, uning uchun, avvalo, Moodle darsliklarini onlayn koʼrib chiqishlari, soʼngra test topshirishlari zarur ekanligi aytildi.
11.04.2022