Milliy eksportchilar davlat himoyasi ostida

chop etish versiyasi
13.05.2022

Hozirgi kunda eksport faoliyatini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash Hukumatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini inobatga olgan holda “Oʼzbekinvest” kompaniyasi eksport faoliyatini amalga oshirishda roʼy berishi mumkin boʼlgan xavf-xatar va qaltisliklar oqibatlaridan milliy eksportchilar, tadbirkorlar hamda kichik va oʼrta biznes vakillarining manfaatlarini sugʼurta mexanizmi imkoniyatlarinidan foydalangan holda chet el bozorlarida ishonchli himoya qilish boʼyicha keng koʼlamli chora-tadbirlar hamda hizmatlarni amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan, 2021-yilning 1-choragida milliy tovar va xizmatlar eksportchilariga 333,88 million АQSh dollari miqdorida sugʼurta himoyasi taqdim etilgan boʼlsa, ushbu yonalishda 2022-yilning mos davrida 128% oʼsishga erishildi hamda 427,46 million АQSh dollari miqdorida sugʼurta himoyasi taqdim etildi.