Миллий экспортчилар давлат ҳимояси остида

chop etish versiyasi
13.05.2022

Toʼqimachilik va kimyo mahsulotlari, qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat sanoati hamda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining Rossiya, Qozogʼiston, Ozarbayjon, Qirgʼiziston, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlar bilan boʼlgan eksport faoliyati sugʼurta himoyasi bilan taʼminlandi.
Milliy eksportchilarni siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʼurta qilish bilan bir qatorda ularning tadbirkorlik faoliyati hamda mulkiy manfaatlarini turli xil qaltisliklardan kompleks sugʼurtalash boʼyicha 2021-yilning 1-choragiga nisbatan 146 foizlik oʼsishga erishilib umumiy 8,7 milliard soʼmlik sugʼurta mukofoti taʼminlandi.
Kompaniyamiz milliy eksportchilarning talablari va takliflarini inobatga olgan holda ularning manfaatlarini tashqi bozorlarda himoyalash boʼyicha faoliyatini izchil davom ettirmoqda