FIDOIY MEHNАT DOIMO QАDRLАNUR!

chop etish versiyasi
12.05.2022

2010 yildan beri har yili “Oʼzbekinvest”EISK АJ tomonidan sugʼurta sohasida oʼz bilimi va mehnatsevarligi bilan kasbdoshlariga oʼrnak boʼlayotgan, yoʼnalishi boʼyicha yuksak choʼqqilarga intilayotgan xodimlar orasida koʼrik tanlov oʼtkazilishi Kompaniya xayotida odatga aylanishga ulgurgan. Ular orasidan eng shijoatli, sidqidildan xizmat qilib,nafaqat “Oʼzbekinvest” SKning daromadiga, balki yurtimiz sugʼurta bozori rivojiga oʼziga xos hissa qoʼshayotgan, Kompaniya hayotida yonib ishlayotgan, sadoqatli xizmat qilayotganlarning mehnatini doimo ulugʼlangan va qoʼllab quvvatlangan. Xususan, “Oʼzbekinvest” Sugʼurta Kompaniyasi faoliyatining 2021 yil yakunlari boʼyicha oʼtkazilgan koʼrik tanlov hududiy filiallar va xodimlar orasidan ”Eng yaxshi hududiy filial”, “Eng yaxshi anderrayter”, ”Eng yaxshi sugʼurta agenti” nominatsiyalari boʼyicha oʼtkazildi va qator tanlov gʼoliblari aniqlandi.