Rossiya va MDHning sugʼurta bozorilaridagi bugungi holati va rivojlanish istiqbollari

chop etish versiyasi
26.04.2022

Jumladan, joriy yil 25 aprelь kuni Kompaniyaning Markaziy apparati va 14 ta hududiy filiallarning malakali va yosh xodimlari uchun "Rossiya va MDHning sugʼurta bozorilaridagi bugungi holati va rivojlanish istiqbollari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.Seminar-trening 1996 yildan sugʼurta tizimida faoliyat yuritayotgan, sugʼurta sohasini ilmiy rivojlantirish boʼyicha Rossiyaning “Oltin salamandra” jamoat mukofoti sohibi, sugʼurta mavzuidagi 300 ta nazariy va amaliy bilimlar jamlangan ilmiy maqolalar muallifi, Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya Universiteti ijtimoiy sohalar iqtisodi va sugʼurta departamenti rahbari, iqtisod fanlari doktori, professor, UmumRossiya sugʼurtalovchilar Jamiyati Prezidentining maslahatchisi Sыganov Аleksandr Аndreevich tomonidan olib borildi. Unda sugʼurta bozorini rivojlantiruvchi omillar, tashkilotlar bilan hamkorlik ahamiyati, muammolarni xal qilish uslublari, yangi mahsulotni sugʼurta bozoriga joriy etishda eʼtiborga molik boʼlgan ishlar haqida soʼz bordi.