Barchamizga ma'lumki, xozirgi kunda turizm iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Shu sababli, oxirgi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalanish, ko'rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko'paytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ichki va tashqi turizmni yanada rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish va sayyohlarga xalqaro talablar darajasida xizmat ko'rsatish lozimdir. Sug'urta ham ushbu xizmatlardan biri hisoblanadi. Mazkur zaruratdan kelib chiqib, “O'zbekinvest” sug'urta kompaniyasi turizm sohasi uchun bir qator sug’urta mahsulotlarini ishlab chiqib, mijozlarga doimiy ravishda taqdim etib kelmoqda.
Xususan, “Мehmonxona biznesini kompleks sug’urtalash” shartnomasi orqali mehmonxona egalari mehmonxonaga yetishi mumkin bo’lgan xar qanday zararlardan himoyaga ega bo’ladilar, mehmonlar oldidagi javobgarliklardan hamda biznesdagi ma’lum sabablarga ko’ra yuzaga keladigan foydaning yo’qotilishidan xoli bo’ladilar.
Jumladan,mehmonxona biznesini kompleks sug’urtalash shartnomasi bo’yicha mehmonxona mol-mulkiga yong’in, yashin urishi, portlash, yer qimirlashi, bo’ron, ko’chki, suv bosishi, quvurlarning yorilishi, uchuvchi uskunalarning qulashi, uchinchi shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari, transport vositalarining urilishi tufayli va baxtsiz hodisa natijasida, mehmonxona xodimlari yoki mehmonlar tan jarohati olganda, ovqatlanish yoki ichimliklarni iste’mol qilganda, kutilmaganda kasallanganda hamda ular mol-mulkiga zarar yetganda, shu bilan birga biznesdagi foydaning ayrim sabablarga ko’ra yo’qotilishidan sug’urta himoyasini taqdim etadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan xavf-xatarlardan sug’urtalash uchun sug’urta to’lovi quyidagicha hisoblab chiqiladi:
- Mehmonxona mol-mulkiga zarar yetishidan sug’urtalash uchun 0,05-0,1% sug’urta summasi, ya'ni, sug’urtalanayotgan mol-mulkning qiymatini 1 mlrd. deb faraz qilsak, sug’urta mukofoti 1 000 000 000,00 somlik bolsa, bu xolda 0,1%lik suqurta = 1 000 000,00 so’mni tashkil qiladi
- Mehmonxonaga tashrif buyurgan mehmonlar sog’lig'iga hamda ular mol-mulkiga zarar yetganligi sug’urtalanganda 0,3% sug’urta summasidan, ya'ni mehmonxonaning uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi 300 mln. so’m deb olsak, 300 000 000,00 so’m x 0,3% = 900 000,00 so’mni sugurta uchun to'lash kerak bo'ladi;
- Sug’urta shartnomasida keltirilgan boshqa qaltisliklar oqibatida yuzaga kelgan foydaning yo’qotilishi bo’yicha 1% miqdorida sug’urta mukofoti to’lanadi (sug’urtalovchi olgan majburiyatidan)- foydaning yo’qotilishidan himoya chegarasi sug’urta shartnomasi bo’yicha 1 mlrd. so’m, deb kelishilgan bo’lsa, sug’urta mukofoti 1 000 000 000,00 x 1% = 10 000 000,00 so’mni tashkil etadi.
Ushbu sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta shartnomasida belgilangan qaltisliklar yuzaga kelsa va sug’urta hodisasi sifatida tan olinsa, sug’urtalovchi olgan majburiyatdan oshmagan holda 15 ish kunida qoplama to’lab beriladi.