“O‘zbekinvest” kompaniyasida O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

chop etish versiyasi
04.06.2024

“O‘zbekinvest” kompaniyasida ma'naviyat masalasi har doim kun tartibida dolzarb mavzulardan bo‘lib kelgan. Kompaniya xodimlari uchun doimiy ravishda mashhur san'at arboblari, adabiyotshunoslarning ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Bunday tadbirlardan biri 2024 yilning 4 iyun' kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov hamda iqtisodiyot fanlari doktori, professor - Bahodir Umurzoqov ishtirokida  kompaniyaning bosh ofisida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ochilishida so‘zga chiqqan “O‘zbekinvest” kompaniyasi Bosh direktor o‘rinbosari A.Asatullaev tomonidan mamlakatimizda so‘nggi yillarda yozuvchilar va shoirlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilayotganini va buning misolida Adiblar xiyoboni tashkil qilingani alohida e'tiborga loyiqligi ta'kidlab o‘tildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi Ibrohim G‘ofurov so‘zga chiqib o‘z ijodiy faoliyati bilan bo‘lishar ekan, o‘zbek adabiyotidagi yangi janrlardan biri - «Mansura» haqida so‘zlab berdi. «Mansura»  — bu sochilgan, tarqoq ya'ni nasr holida bo‘lgan she'r hisoblanishi ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, adabiyotshunos va olim tarjimon I.G‘ofurov tomonidan mamlakatimizda ona tilining o‘rni va ahamiyatini oshirishga katta e'tibor qaratilayotgani, shuningdek, ona tilining rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining omili, millatning bosh belgisi, davlat suverenitetining asosiy ramzi ekanligi aytib o‘tildi. Shu o‘rinda I.G‘ofurov tomonidan Dostoevskiy Fyodor Mixaylovichni taniqli asarlari "Jinoyat va jazo", „Telba“, „Qimorboz“, ,,Aka-uka Karamazovlar", "Iblislar" hamda boshqa ko‘plab asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayoni haqida so‘zlab berildi.

Tadbir davomida iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bahodir Umurzoqov tomonidan sug‘urta sohasining asosiy tamoyillaridan biri – ijtimoiy himoya sohasining asosiy atamalarining tushunchasi berildi.