"O'zbekinvest' - Chexiyada

chop etish versiyasi
02.06.2022

Joriy yil 21-31 may kunlari “Oʼzbekinvest” EISK АJning 15 nafar mutaxassislari Chexiya Respublikasining Yevropa amaliy fanlari va menejment Instituti tomonidan tashkillashtirilgan 10 kunlik seminar treningda ishtirok etish uchun xizmat safarida boʼldilar. “Korporativ mijozlarni eksport tavakkalchiliklardan sugʼurtalash” mavzuidagi oʼquv mashgʼulotlarida hayot sugʼurtasida mavjud boʼlgan tavakkalchiliklar, mol-mulk sugʼurtasi va assistans xizmati, sayohatchilar, transport vositalarining sugʼurtasi xaqida soʼz bordi hamda Chexiyaning Kafolatlangan eksport sugʼurta jamiyati -EGAP misolida eksport qaltisliklarini sugʼurtalash, Generali sugʼurta kompaniyasi misolida esa korporativ va chakana sugʼurta xizmatlari xaqida maʼlumot berildi.