12.05.2022
"Oʼzbekinvest" EISK АJ ning Chakana sugʼurta biznesi va elektron sugʼurta turlarini rivojlantirish departamenti xodimlari Surxondaryo viloyatidagi sayyor tashrif dasturi doirasida
Termez Davlat Universitetida ham boʼldilar. Unda OTMning rahbariyati bilan oʼzaro manfaatli hamkorlik xaqida davra suhbati oʼtkazildi. Аmaliy muloqot maboynida hamkorlik asosida qilinadigan ishlar rejasi tuzib olindi.Soʼngra hamkorlik debochasi koʼrinishida Universitet talabalariga seminar- trening oʼtkazildi. Unda "Oʼzbekinvest" SK ning taqdimoti hamda sugʼurta mahsulotlari va himoyasi xaqida maʼlumot berildi.