"Oʼzbekinvest" SK si bilan Toshkent Moliya institutining hamkorlik Memorandumi asosida nazariy va amaliy bilimlarni uzviy bogʼlash maqsadida Kompaniya negizida ochilgan "Sugʼurta va pensiya ishi" kafedrasining filiali oʼz faoliyatini davom ettirmoqda. “Sugʼurta maktabi”ning oʼquv dasturi rejasiga asosan,2-4 kurs talabalari uchun joriy yilning 16 aprelь kuni navbatdagi oʼquv mashgʼuloti boʼlib oʼtdi.
Oʼquv mashgʼuloti Kompaniyaning Marketing va reklama Departamenti bosh menejeri Аbdurasul Аbdurashidov tomonidan olib borildi. Mashgʼulot mavzui “Sugʼurta faoliyatida marketingning ahamiyati” boʼlib, unda barcha savdo va xizmat koʼrsatuvchi korxonalarda boʼlgani kabi sugʼurta kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar mohiyatini oʼz mijozlariga qulay yetkazish, xizmatlar sifatini oshirishda marketingning roli muhim yoʼnalishlardan biri ekani xaqida soʼz bordi. Buning uchun isteʼmolchilarning muammolarini oʼrganish, ulardan kelib chiqibgina, oʼz faoliyatini takomillashtirish zarur ekani aytildi.
18.04.2022