2023 yil 13 iyunda Favkulotda Vaziyatlar Vazirligi va “O‘zbekinvest” EISK AJning Respublikada favkulodda vaziyatlar (tabiiy,texnogen xususiyatli xamda yonginlar)ni oldini olish profilaktika tadbirlarini tashkil etish, jumladan axolining va tadbirkorlik sub'ektlarining sug‘urta madaniyatini oshirish buyicha 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan xamkorlikdagi amaliy chora tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Ushbu xujjatning ijrosini ta'minlash maksadida 26 iyun' kuni Favkulotda vaziyatlar Xorazm viloyat boshkarmasi va O‘zbekinvest sug‘urta kompaniyasi Xorazm viloyati filiali tomonidan amaliy chora tadbirlar rejasi tasdiqlanib,Urganch shahar,Ko‘shko‘pir tumani,Xazorasp tumani,Shovot tumani bozorlarida xamkorlik tadbirlari o‘tkazildi.
Joriy yilning 26 iyul' kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdagi 74-sessiyasida "O‘zbekinvest" EISK AJ Xorazm filiali xodimlari ham ishtirok etib, sug‘urta madaniyati bo‘yicha ma'ruza qildi.
Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "O‘zbekinvest" EISK AJning Respublikada favqulodda vaziyatlarni oldini olish profilaktika tadbirlarni tashkil etish haqida ma'lumotlar berildi.
Ushbu chora-tadbirlar rejasiga asosan, Urganch shahridagi bozor hududlarida sug‘urta madaniyati bo‘yicha tadbirlarni Urganch shahar hokimligi va deputatlar bilan hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.