CERT International (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish organi “O‘zbekinvest” kompaniyasini ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi.
ISO 9001:2015 jahon miqyosida tan olingan sifat menejmenti standarti bo‘lib, sertifikatning mavjudligi kompaniya ishonchliligining yuqori darajasini va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini anglatadi.
Navbatdagi kuzatuv auditi CERT International (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan amalga oshirildi.
Audit davomida kompaniya faoliyatining quyidagi kuchli tomonlari qayd etildi:
• Yosh malakali kadrlarning mavjudligi;
• biznes jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirilishi;
• Boshqaruv tizimi masalalarida rahbariyat tomonidan yetakchilik namoyish etilishi.
ISO 9001:2015 standartlari bo‘yicha sifat menejmenti tizimini qayta sertifikatlash “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati respublika sug‘urta bozorini rivojlantirish, raqobatbardoshligi va yetakchi o‘rinlarini ta'minlash, sug‘urta faoliyati samaradorligini oshirish, mavjud moliyaviy, texnik va kadrlar resurslaridan oqilona foydalanishni strategik asosi sifatida ko‘rilishini anglatadi.
2023-yilning may oyida Moody’s Investors Service Ltd. (AQSh) xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining moliyaviy mustahkamlik reytingi prognozi «Ijobiy», «Ba3» darajasiga ko‘tarilganini rasman e'lon qildi.
Shuningdek, 2024 yil aprel' oyida «A.M. Best Company Inc.» (AQSh) xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini “barqaror” prognoz bilan «bb» darajasiga ko‘tarilganini rasman e'lon qildi.