“O‘zbekinvest” xodimlari kompaniyada tashkil etilgan ISO 9001:2015 bo‘yicha amaliy seminarda ishtirok etishdi

chop etish versiyasi
13.02.2024

Xodimlar malakasini uzviy ravishda oshirish konseptsiyasi “O‘zbekinvest” kompaniyasining doimo diqqat markazida bo‘lib kelmoqda, chunki kompaniyaning yanada rivojlanishi, aholi va tadbirkorlik subyektlarining mulkiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi ko‘p jihatdan uning xodimlarining kasbiy fazilatlariga bog‘liq. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash vazifalarining dolzarbligi yanada ortib bormoqda.

Joriy yilning 7-9 fevral kunlari “O‘zbekinvest” kompaniyasi CERT Xalqaro akademiyasi bilan hamkorlikda kompaniya xodimlari uchun yangi ISO 9001:2015 standartining tavsiyalari bo‘yicha amaliy seminar tashkil qilindi. Trening spikeri mahsus taklif etilgan mutaxassis - CERT Akademiyasining mintaqaviy direktori Marat Xabibullin ISO 9001:2015 standartining tavsiyalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

ISO Xalqaro standarti sertifikati mahsulot va xizmatlarning xavfsiz, ishonchli va yaxshi sifatli bo‘lishini kafolatlashga yordam beradi, korxonalar esa yangi bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladidar. Amaliy seminar sifat boshqaruvi tizimi bo‘yicha xalqaro andazalar asosida ISO sertifikatini olish uchun zaruriy bo‘lgan talablarni tushuntirishga qaratildi.

Seminardan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlar ISO 9001:2015 sertifikatsiyasi ko‘nikmalariga egaligi haqida halqaro sertifikat bilan taqdirlandilar.

"O‘zbekinvest" kompaniyasi Matbuot xizmati