Ijtimoiy tarmoqlarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtasi boʻyicha haydovchilar tomonidan Oʻzbekinvest kompaniyasidan olingan (TVEFJMS) polisining haqiqiyligiga Toshkent sh. Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimida (YHXB) shubha tugʻilganligi haqida video tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan bizning mijoz boʻlgan Muzaffar Usmonovning video murojaatini havola etamiz.
Bu holatda quyidagilar eʼtiborga molik:
Video yozuvda koʻrsatilgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtasi boʻyicha polis haqiqiy bulib, davlat raqami 01 942 UDA, rusumi Cobalt boʻlgan transport vositasiga rasmiylashtirilgan.
YHXB xodimi ushbu polisning haqiqiyligini aniqlash maqsadida Oʻzbekinvest kompaniyasining tunu-kun ishlovchi axborot (koll-tsentr) markaziga telefon qilgan. Kompaniyaning tunu-kun ishlovchi axborot (koll-tsentr) markazi telefoniga murojaat etilgan zahotiyoq Oʻzbekinvest kompaniyasi xodimi YHXB xodimiga sugʻurta polisining haqiqiy ekanligini bildirgan.
Mazkur video joylashtirilgan @Militsiya-Uzb telegramm kanalining Ichki ishlar vazirligi va Yoʻl Harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga va ularning rasmiy axborot vositalari xamda kanallariga hech qanday aloqasi yoʻq.