“O‘zbekinvest” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi – Job Fair 2023da ishtirok etdi

chop etish versiyasi
10.04.2023

“O‘zbekinvest” 2023-yilning 6-7-aprel kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida o‘tkazilgan “Job Fair 2023”da faol ishtirok etdi.

Mazkur yarmarka talabalarning mamlakatimizdagi 120 dan ortiq yetakchi ish beruvchilar, jumladan, mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan uchrashish maydoniga aylandi.

“Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, O‘zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, talabalar “O‘zbekinvest” kompaniyasi vakillari bilan muloqot qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniga ega bo‘ldilar.