Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni

chop etish versiyasi
29.04.2022

Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003 yildan boshlab 28 aprelь kuni “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”, deb eʼlon qilingan boʼlib, shu kuni 100 dan ziyod ortiq davlatlarda dunyo hamjamiyatining ish joylarida sodir boʼlayotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishini oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga eʼtiborni yanada kuchaytirish yoʼnalishida boʼlgan tadbirlar “Oʼzbekinvest” EISK АJda ham har yili oʼtkaziladi.
25 aprelь kuni kompaniya xodimlariga sogʼlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish masalalari hamda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bagʼishlangan tadbir Butunjahon akademiyasi ilmiy ekologiya tabiat va inson xavfsizligi boʼyicha akademiya aʼzosi, Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha yetakchi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori V.N.Feofanov va Oʼzbekiston Respublikasi Аdministratsiyasi huzuridagi tibbiyot boshqarmasi 2-sonli markaziy konsulьtativ diagnostika poliklinikasi tibbiyot xodimlari ishtirokida boʼlib oʼtdi.

Unda Kompaniyaning Markaziy Аpparat va 14 ta hududiy xodimlari uchun Oʼzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi Qonunida aks etgan meʼyoriy hujjatlar, qoida va yoʼriqnomalar bilan tanishtirish hamda Kompaniyaning joriy yilning “Yoʼl xaritasi”da belgilangan rejadagi ishlarni amalga oshirish maqsadida qilinayotgan ishlarni yana bir bor nazoratdan oʼtkazish kabi mavzularda maʼruzalar eshittirildi.Tadbir davomida favqulotda vaziyatlarda jarohatlanganlarga koʼrsatiladigan 1-yordam usullari koʼrgazmali qurollar yordamida tushuntirildi.